Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Modrich joriy mavsumda maydonga tushish niyatida

Modrich joriy mavsumda maydonga tushish niyatida

Baho:
+ | -

Yaqinda «Milan» matbuot xizmati Luka Modrich yuz suyagi sinishi tufayli joriy mavsumda boshqa maydonga tusha olmasligi haqida rasman ma’lum qilgan edi. Shunga qaramay, markaziy yarim himoyachi chempionat yakuniga qadar safga qaytish niyatida.

La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, xorvatiyalik futbolchi o‘tkazilgan operasiyadan bir hafta o‘tib «rossoneri» ixtiyoriga qaytadi. Modrich mashg‘ulotlarda ishtirok etishni va A Seriyaning so‘nggi turida «Kalyari»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishni xohlamoqda. Ehtimol, 40 yoshli xavbekka o‘ynash uchun maxsus himoya niqobi kerak bo‘ladi.

Modrichning bunday qarori shu yozda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati oldidan sport formasini saqlab qolish istagi bilan izohlanmoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi 36 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga ikkita gol va uchta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 19:59, 03.05.2026.
O'qildi: 935 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик