Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 0-0 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-0 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 2-0 As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Futzal. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Qozog‘istonga imkoniyatni boy berdi

Futzal. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Qozog‘istonga imkoniyatni boy berdi

Baho:
+ | -

Bugun Nodir Eliboyev boshchiligidagi yoshlar terma jamoamiz Turkiston shahridagi “Olimpik” sport majmuasida qo‘shni Qozog‘iston yoshlar terma jamoasiga qarshi rejalashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuvlarining dastlabkisida maydonga chiqdi.

Bir yil muqaddam Bahraynda o‘tkazilgan Osiyo yoshlar o‘yinlarida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bazasida shakllantirilgan jamoamiz uchun bu bellashuv xalqaro maydondagi ilk uchrashuv bo‘ldi. Raqib esa kelgusi yil kuzida Astana shahrida o‘tkaziladigan 20 yoshgacha bo‘lgan terma jamoalar o‘rtasidagi Yevropa chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Qozog‘iston yoshlar terma jamoasi edi.

Mazkur bahsda jamoamizning uzoq yo‘l bosib kelgani va bor-yo‘g‘i bir kunlik tayyorgarlikdan so‘ng maydonga tushgani, shuningdek, mezbonlarning yosh jihatdan ustunligi dastlabki daqiqalarda sezildi. Maydon egalari birinchi bo‘limda tashabbusni qo‘lga olib, ikki bor gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.

Tanaffusdan so‘ng yigitlarimiz faollikni oshirdi va Javohir Abdulvosiyev hisobni qisqartirishga erishdi. Biroq uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida mezbonlar qarshi hujumdan unumli foydalanib, yana bir gol kiritishdi va bahs 3:1 hisobida yakunlandi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi 5-may kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 23:53, 04.05.2026.
O'qildi: 714 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик