Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Xayner: «Agar bizga Keyn kabi o‘yinchi kerak bo‘lsa, uni sotib olamiz»

Xayner: «Agar bizga Keyn kabi o‘yinchi kerak bo‘lsa, uni sotib olamiz»

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi prezidenti Gerbert Xayner jamoaning moliyaviy imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Ushbu mavsumda jamoa mamlakat chempioni bo‘ldi va Chempionlar ligasining kamida yarim finaligacha yetib bordi.

«Oxirgi 25 yil ichida biz har mavsumda, hatto Kovid pandemiyasi davrida ham foyda ko‘rdik. Buni aytish oson tuyulishi mumkin, lekin aslida biz — bitta katta oilamiz. Keynni misol qilib olsak: uning shartnomasida, agar u Angliyaga qaytishni istasa, jamoani tark etishi mumkinligi haqida band bor edi. Biroq bu masala hatto muhokama ham qilingani yo‘q, u Myunxenda o‘zini o‘z uyidagidek his qilmoqda», — deya Xaynerning so‘zlaridan iqtibos keltiradi L’Equipe.

«Bavariya» boshqa klublardan farqli ravishda ish yuritishi, ammo Keynning transferi uchun 95 million yevro sarflagani haqidagi fikrlarga javoban Xayner shunday dedi:

«Raqobat tobora kuchayib bormoqda, ayniqsa ingliz klublarining ta’sirini hisobga olsak. APL teletranslyasiyalardan yiliga 4 milliard yevro oladi, Germaniyada esa bu ko‘rsatkich 1,2 milliard yevroni tashkil etadi. Agar bizga Keyn kabi o‘yinchi kerak bo‘lsa, uni sotib olamiz. Lekin, boshqa tomondan, bizda Musiala, Pavlovich, Stanishich va Karl kabi futbolchilar bor. Ushbu mavsumda yoshlar akademiyamizning 10 nafar tarbiyalanuvchisi professional futbolda debyut qildi. Bunday uyg‘unlik bizga muvaffaqiyatga erishish va moliyaviy jihatdan mas’uliyatli faoliyat yuritishda yordam beradi».

Eslatib o‘tamiz, «PSJ» va «Bavariya» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi yarim finalining ilk uchrashuvida Parij klubi 5:4 hisobida g‘alaba qozongan edi. Javob uchrashuvi 6 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00'da bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 15:31, 05.05.2026.
O'qildi: 241 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик