Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Keyn Ronalduning rekordini takrorladi

Keyn Ronalduning rekordini takrorladi

Baho:
+ | -

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn Chempionlar ligasining pley-off bosqichida ketma-ket oltita o‘yinda gol urib, musobaqa rekordini takrorladi.

Keyn kecha «PSJ»ga qarshi kechgan yarim final javob uchrashuvining (1:1) 94-daqiqasida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu bilan u pley-offning ketma-ket oltita bahsida raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan tarixdagi ikkinchi futbolchiga aylandi. Bungacha bunday natijani faqat Krishtianu Ronaldu (2012-2013 yillarda) qayd etgan edi.

Shuningdek, Keyn yana bir ko‘rsatkich bo‘yicha Ronalduga tenglashib oldi: u Chempionlar ligasining ketma-ket uchta mavsumida kamida 12 ta golda bevosita ishtirok etgan (gol + assist).

Afsuski, Keynning bu tarixiy rekordi «Bavariya»ni finalga olib chiqish uchun yetarli bo‘lmadi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 5:6 hisobida imkoniyatni boy bergan Myunxen klubi musobaqa bilan xayrlashdi.

Kiritildi: 16:58, 07.05.2026.
O'qildi: 246 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик