Madridning «Real» klubi himoyachisi Ferlan Mendi o‘ng oyoq sonidagi mushak yirtilishi sababli operasiya qilinadigan bo‘ldi.
Fussball Transfers nashrining xabariga ko‘ra, 30 yoshli fransiyalik futbolchining tiklanish muddati borasida turli ma’lumotlar tarqalmoqda:
El Mundo nashri Mendining safga qaytishi uchun taxminan 4-5 oy vaqt kerakligini aytmoqda.
Cadena COPE radiostansiyasi esa ancha xavotirli xabar tarqatdi — himoyachi bir yilgacha maydonga tusha olmasligi mumkin.
Mendining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027/2028 yilgi mavsum yakunigacha amal qiladi. Bu yo‘qotish «el-klasiko» oldidan va umuman mavsum finalida madridliklar himoya chizig‘i uchun katta zarba bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, «Real» La Liga turnir jadvalida «Barselona»dan 11 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.













