Madridning «Real» klubi ikki futbolchisining ota-onasi farzandlari yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganidan xavotir bildirib, bevosita klub prezidenti Florentino Peresga murojaat qilishdi. Bu haqda COPE nashrining El Partidazo dasturida xabar berildi.
Qayd etilishicha, ushbu voqea oilalarning futbolchilarga bo‘lgan ta’sirini, shuningdek, Madrid klubidagi davom etayotgan keskin muhitni yana bir bor ko‘rsatib bermoqda.
Avvalroq, Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde jamoadoshi Orelyen Tchuameni bilan mushtlashib ketganidan so‘ng shifoxonaga tushib qolgani xabar qilingan edi. Shuningdek, «qaymoqranglilar»ning kamida olti nafar futbolchisi bosh murabbiy Alvaro Arbeloa bilan muloqotni to‘xtatgani, ba’zilari esa bir-biri bilan gaplashmayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.













