Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/06 01:00 Angliya 4-2 Xorvatiya
18/06 04:00 Gana 1-0 Panama
18/06 07:00 O‘zbekiston 1-3 Kolumbiya
18/06 21:00 Chexiya 1-1 JAR
18/06 23:59 Shveysariya 4-1 Bosniya-Gertsegovina
19/06 03:00 Kanada 6-0 Qatar
19/06 06:00 Meksika 1-0 Janubiy Koreya
19/06 23:59 AQSh - Avstraliya
20/06 03:00 Shotlandiya - Marokash
20/06 05:30 Braziliya - Gaiti
20/06 08:00 Turkiya - Paragvay
20/06 22:00 Niderlandiya - Shvesiya

La Liga kelasi mavsumda yana 5 ta jamoa bilan Chempionlar Ligasida ishtirok etadi

La Liga kelasi mavsumda yana 5 ta jamoa bilan Chempionlar Ligasida ishtirok etadi

Baho:
+ | -

«Rayo Valyekano» «Strasbur»dan ustun kelib, Konferensiyalar Ligasi finaliga yo‘l oldi. Shu tariqa, kelasi mavsumda La Liganing beshta klubi yana Chempionlar Ligasida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Ispaniya UYEFA koeffisiyentlar jadvalida 22 094 ochko bilan beshinchi o‘rinni egallab turibdi va 21 786 ochkoga ega Germaniyani ortda qoldirmoqda.

Ayni paytda Ispaniya chempionatining kuchli beshligidan «Barselona» (88 ochko), «Real» (77 ochko), «Vilyarreal» (68 ochko), «Atletiko» (63 ochko) va «Betis» (53 ochko) joy olgan. 6-o‘rinda borayotgan «Selta» mavsum tugashiga 4 tur qolganda beshinchi pog‘onadan 6 ochkoga ortda qolmoqda.

Agar «Rayo Valyekano» Konferensiyalar Ligasi finalida «Kristal Pelas»ni mag‘lub etsa, kelasi mavsumda La Liganing jami to‘qqizta jamoasi yevrokuboklarda ishtirok etadi.

2025/26 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasining umumiy bosqichida «Barselona» (5-o‘rin), «Real» (9-o‘rin), «Atletiko» (14-o‘rin), «Atletik» (29-o‘rin) va «Vilyarreal» (35-o‘rin) ishtirok etgan edi.

Kiritildi: 02:51, 08.05.2026.
O'qildi: 1488 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик