Kirish Ro'yxatdan o'tish

«RB Leypsig» o‘z yulduzini «PSJ»ga qanchaga sotishi ma’lum bo‘ldi

«RB Leypsig» o‘z yulduzini «PSJ»ga qanchaga sotishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Fransiyaning «PSJ» klubi «RB Leypsig» vingeri Yan Diomandega da’vogarlik qilishda davom etmoqda. Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, nemis klubi 19 yoshli futbolchini o‘z safida saqlab qolmoqchi va unga yangi shartnoma taklif qilmoqda.

Biroq, agar «PSJ» 100 million yevro miqdorida taklif yuborsa, «RB Leypsig» o‘z asosiy aktivini qo‘yib yuborishi qayd etilgan.

Joriy mavsumda Diomande barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Diomandening «RB Leypsig» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining narxini 75 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 11:34, 08.05.2026.
O'qildi: 784 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик