Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

«Inter» «Real» futbolchisini rad etdi

«Inter» «Real» futbolchisini rad etdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi David Alaba o‘ziga yangi jamoa qidirishda davom etmoqda. Avstriyalik futbolchi mavsum yakunlanganidan keyin «qaymoqranglilar» safini erkin agent sifatida tark etadi.

Jurnalist Fabrisio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, 33 yoshli futbolchining xizmatlari Milanning «Inter» klubiga taklif qilingan, biroq «neradzurrilar» bu taklifni rad etishgan. Italiya grandi himoya markazini kuchaytirish uchun boshqa nomzodlarni afzal ko‘rmoqda.

Avvalroq Alabaning nomzodi «Yuventus»ga ham taklif qilingani haqida xabar berilgan edi. So‘nggi yillarda futbolchi jarohatlardan aziyat chekmoqda: joriy mavsumda u «Real» safida barcha turnirlarda bor-yo‘g‘i 14 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Kiritildi: 06:30, 09.05.2026.
O'qildi: 834 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик