Kirish Ro'yxatdan o'tish

Madueke: «Saka — eng aqlli futbolchilardan biri»

Madueke: «Saka — eng aqlli futbolchilardan biri»

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi vingeri Noni Madueke jamoadoshi Bukayo Saka haqida o‘z fikrlarini bildirdi. «Chelsi»ning sobiq futbolchisi «kanonirlar»ning hujum o‘ng qanotidagi raqobatchisini maqtab, uning yuqori o‘yin intellektini alohida ta’kidladi.

«Saka juda aqlli. Shubhasiz, u men ko‘rgan futbolchilar ichida eng aqllilaridan biri. Maydonda u doim to‘g‘ri qarorlar qabul qiladi va boshqalar payqamaydigan narsalarni ko‘ra oladi», — deya Maduekening intervyusidan iqtibos keltiradi DailyAFC.

Bukayo Sakaning Madridning «Atletiko» darvozasiga urgan goli (1:0) «Arsenal»ni Chempionlar ligasi finaliga olib chiqdi. Yakshanba kuni Mikel Arteta shogirdlari Premyer-liga doirasida safarda «Vest Xem»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 06:46, 09.05.2026.
O'qildi: 490 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик