Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tare «Milan»ni tark etishi mumkin

Tare «Milan»ni tark etishi mumkin

Baho:
+ | -

O‘tgan yilning yozida sport direktori Igli Tare «Milan»ga o‘tar ekan, shubhasiz, xuddi «Lasio»dagi kabi (u yerda 15 yildan ortiq ishlagan edi) uzoq muddatli hamkorlikka umid qilgandi. Biroq, taniqli italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, Igli shu yozdayoq «Milan»ni tark etishi mumkin.

Jurnalist ushbu malakali mutaxassis o‘rniga bo‘lishi mumkin bo‘lgan nomzodni ham aytdi. Bu Toni D'Amiko. D'Amiko o‘tgan yili ham bu lavozimga da’vogarlik qilgan edi, ammo o‘shanda Massimiliano Allegrining qat’iy talabi bilan tanlov aynan Tare foydasiga hal bo‘lgandi.

Tarening ehtimoliy ketishi haqidagi mish-mishlar yana bir narsani tasdiqlashi mumkin, Allegri ham baribir klubdan ketadi.

Kiritildi: 08:12, 09.05.2026.
O'qildi: 795 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик