Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Arbeloa: «Hafsala pir bo‘lishi va g‘azab sizni o‘zingiz istamagan vaziyatlarga boshlab borishi mumkin»

Arbeloa: «Hafsala pir bo‘lishi va g‘azab sizni o‘zingiz istamagan vaziyatlarga boshlab borishi mumkin»

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Ispaniya chempionati doirasidagi «Barselona»ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Uchrashuv 10 may kuni Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanadi.

— So‘nggi kunlarda sodir bo‘lgan voqealarni qanday izohlay olasiz?

«Ikkita muhim narsani aytishim kerak. Birinchidan, klubning ushbu vaziyatga qanchalik qat’iy, tezkor va ochiq munosabat bildirganidan faxrlanaman. Ikkinchidan, futbolchilar o‘z xatolarini tan olganlari, afsusda ekanliklarini bildirib, kechirim so‘raganlaridan mamnunman. Men uchun shuning o‘zi kifoya. Men ularni omma oldida «gulxanda yoqmoqchi» emasman, chunki ular bunga loyiq emas. Ushbu 4 oy va o‘tgan yillar davomida ular «Real Madrid» futbolchisi bo‘lish nimani anglatishini tushunishlarini isbotlashdi va men buni unutmayman.

Federiko Valverde va Orelyen Tchuameni ushbu vaziyatni unutib, bu klub uchun kurashishda davom etish imkoniyatiga loyiqdirlar. Men ular bilan faxrlanaman. Ushbu vaziyatdan foydalanib, ularning professionalligini shubha ostiga qo‘yishlariga yo‘l qo‘ymayman: ularning noprofessional ekanligi yoki menga nisbatan hurmatsizlik qilgani haqidagi gaplar — mutlaqo yolg‘on. Shuningdek, ulardan kimdir men bilan bo‘lgan muammo yoki «Real»dan tashqaridagi hayoti sababli o‘ynamayotgani haqidagi xabarlar ham uydirmadir.

Men ushbu mavsum klub darajasiga mos kelmayotgani uchun birinchi navbatda mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman. Lekin men bu yerda bor-yo‘g‘i 4 oydan beri ishlayapman va futbolchilarim bilan faxrlanaman. Ular meni qanday qabul qilganlari, ayniqsa, boshimizdan o‘tgan voqealardan keyingi holat meni quvontiradi. Shunisi aniqki, hafsala pir bo‘lishi va g‘azab sizni o‘zingiz istamagan vaziyatlarga boshlab borishi mumkin. Ammo endi asosiy e’tiborni o‘yinga qaratishimiz kerak», — deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Hozirda «Real» turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam «Barselona»dan 9 ochko ortda qolmoqda.

Kiritildi: 15:08, 09.05.2026.
O'qildi: 143 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик