Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

«Bavariya» Valverde uchun harakat boshladi

«Bavariya» Valverde uchun harakat boshladi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin. TEAMtalk nashrining xabar berishicha, Myunxenning «Bavariya» klubi yozgi transfer oynasi oldidan urugvaylik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, ushbu transfer ehtimoli kuchayishiga Madrid klubi ichidagi vaziyat ham sabab bo‘lishi mumkin. Bir necha kun avval «qirollik klubi» mashg‘ulotida Valverde va uning jamoadoshi Orelyen Tchuameni o‘rtasida keskin ziddiyat yuzaga kelgan va futbolchilar o‘zaro mushtlashib ketishgan.

Ma’lumot uchun, Federiko Valverde 2016 yilda «Penyarol» klubidan 5 million yevro evaziga Madridga ko‘chib o‘tgan edi. Uning «qaymoqranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda 27 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 23:20, 09.05.2026.
O'qildi: 1690 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик