Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 0-1 Arsenal

«Real» futbolchilari sardor saylash tizimini o‘zgartirishni talab qilmoqda

«Real» futbolchilari sardor saylash tizimini o‘zgartirishni talab qilmoqda

Baho:
+ | -

«Real» rahbariyati jamoa sardorlarini aniqlashning amaldagi tizimini qayta ko‘rib chiqishi kutilmoqda. Bu haqda Diario AS nashri xabar berdi.

Hozirgi vaqtda klubda asosiy sardor va uning uch nafar o‘rinbosari jamoada eng uzoq vaqt davomida to‘p surayotgan futbolchilar orasidan avtomatik ravishda tanlanadi. Biroq, xabarlarga ko‘ra, ayrim futbolchilar ushbu an’ana o‘z ahamiyatini yo‘qotgan deb hisoblamoqda va sardorlarni ovoz berish yo‘li bilan saylash taklifini ilgari surmoqda.

Bunday muhokamalarga yaqinda sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz voqea sabab bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, jamoa vise-sardori Federiko Valverde va Orelyen Tchuameni o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqqan. Mazkur holatdan so‘ng jamoadoshlari urugvaylik futbolchidan hafsalasi pir bo‘lgani aytilmoqda.

Shuningdek, mavsum yakunida jamoaning amaldagi asosiy sardori Daniel Karvaxal klubni tark etadi. Rahbariyat uning muddati tugayotgan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgan.

Kiritildi: 05:07, 10.05.2026.
O'qildi: 1093 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик