Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Alabaning «Milan»ga o‘tishi so‘roq ostida qoldi

Alabaning «Milan»ga o‘tishi so‘roq ostida qoldi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Milan» klubi va Madridning «Real» jamoasini tark etishi kutilayotgan David Alaba o‘rtasidagi ehtimoliy hamkorlik haqida xabarlar tarqaldi. Biroq Italiyaning Corriere dello Sport nashriga ko‘ra, avstriyalik futbolchining moliyaviy talablari bu transferga to‘sqinlik qilishi mumkin.

«Milan» rahbariyati ayni damda 33 yoshli himoyachining yuqori maosh so‘rovlarini qondirishga tayyor emas. Klub Alabani yoshi o‘tgani sababli strategik investisiya sifatida ko‘rmayapti.

Bundan tashqari, futbolchining eng yaxshi yillari ortda qolgan deb hisoblanmoqda. Ma’lumot uchun, Alaba yakunlangan mavsumda jarohatlar sababli bor-yo‘g‘i 14 ta o‘yinda ishtirok etdi va maydonda umumiy hisobda 415 daqiqa harakat qildi xolos.

Kiritildi: 13:05, 10.05.2026.
O'qildi: 622 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик