Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Lukakuning agenti hujumchining kelajagi borasida bayonot berdi

Lukakuning agenti hujumchining kelajagi borasida bayonot berdi

Baho:
+ | -

Belgiyalik hujumchi Romelu Lukakuning agenti Federiko Pastorello o‘z mijozini Italiyaning «Milan» klubiga joylashtirish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, «rossonerilar» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri anchadan beri tajribali hujumchining iqtidorini yuqori baholab keladi. Lukakuning o‘zi ham «Inter»dagi faoliyati davomida yashagan Milan shahriga qaytishga qarshi emas.

«Romelu bo‘lajak jahon chempionatini yuqori darajada o‘tkazishiga va kelasi mavsumda Yevropaning eng yaxshi klublaridan birida joy egallashiga ishonchim komil», — deya ta’kidladi futbolchining agenti.

Shu bilan birga, Pastorello Lukakuning Belgiya chempionatiga, xususan, «Anderlext» klubiga qaytishi haqidagi taxminlarni rad etdi.

Kiritildi: 13:07, 10.05.2026.
O'qildi: 538 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик