Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 0-1 Arsenal

"Milan" yetakchilaridan biri "Atalanta" bilan o‘yin oldidan jarohat oldi

"Milan" yetakchilaridan biri "Atalanta" bilan o‘yin oldidan jarohat oldi

Baho:
+ | -

"Milan" yarim himoyachisi Kristian Pulishich A Seriyaning 36-turi doirasidagi "Atalanta"ga qarshi uy uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan so‘nggi mashg‘ulotda jarohat oldi.

Jurnalist Djanluka Di Marsio bergan ma’lumotlarga ko‘ra, amerikalik futbolchi dumba mushaklarini shikastlab olgan. Natijada Massimiliano Allegri boshchiligidagi murabbiylar shtabi so‘nggi soatlarda taktik rejalarga o‘zgartirish kiritishga majbur bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, asosiy tarkibda Pulishichning o‘rnini Rafael Leau egallaydi. Futbolchining jarohati qay darajada jiddiy ekani va tiklanish muddati tibbiy ko‘rikdan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

"Atalanta"ga qarshi bahs "Milan" uchun Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishda strategik ahamiyatga ega. Kecha "Yuventus"ning "Lechche" ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng, 67 ochkoga ega "rossonerilar" turnir jadvalida 4-o‘ringa tushib ketdi. Ayni damda milanliklar 5-o‘rindagi "Komo"dan (36 o‘yinda 65 ochko) ikki ochko, bitta zaxira o‘yiniga ega "Roma"dan (64 ochko) esa uch ochko oldinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Milan" va "Atalanta" jamoalari o‘rtasidagi bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.

Kiritildi: 19:04, 10.05.2026.
O'qildi: 585 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик