Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Dibalaning kelajak bo‘yicha rejalari ma’lum

Dibalaning kelajak bo‘yicha rejalari ma’lum

Baho:
+ | -

«Roma» hujumchisi Paulo Dibala klubda kamida yana bir mavsum qolish uchun maoshining sezilarli darajada kamayishiga rozi. Bu haqda insayder Nikolo Skira o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Manbaning ta’kidlashicha, Rim klubi hozircha futbolchiga yangi shartnoma bo‘yicha rasmiy taklif yubormagan. Futbolchining o‘zi ham avvalroq jamoa xo‘jayini Den Fridkinning qarorini kutayotganini ta’kidlagan edi.

«Roma» bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini argentinalik yulduzni tarkibda saqlab qolish tarafdori, biroq futbolchining keyingi taqdiri klub rahbariyatining pozisiyasiga bog‘liq bo‘ladi.

Joriy mavsumda 32 yoshli forvard 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 09:31, 12.05.2026.
O'qildi: 591 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик