«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong La Ligadagi g‘alaba sharafiga tashkil etilgan chempionlik paradida Chempionlar ligasida g‘olib chiqish istagini bildirdi.
«Muxlislar bizni butun mavsum davomida qo‘llab-quvvatlab turishdi, shuning uchun bu quvonchni ular bilan baham ko‘rish biz uchun juda muhim. Ular bilan o‘rtamizda juda yaxshi aloqa o‘rnatilgan.
Tarkibimizda shu yerda ulg‘aygan akademiya tarbiyalanuvchilari juda ko‘p. Yosh futbolchilar jamoa uchun bor kuchlarini berishmoqda va o‘ylaymanki, bizdagi bu birdamlik muxlislarga ham ko‘chmoqda.
Yosh o‘yinchilar bizga katta energiya berishyapti. Ular yuqori mahoratga ega va aynan shuning uchun ham biz sovrinlar yutmoqdamiz.
Bu jamoa g‘alabalarga juda chanqoq. Biz ko‘plab sovrinlarni, ayniqsa, Chempionlar ligasini yutishni xohlaymiz va bunga erishish uchun bor kuchimizni ishga solamiz», — dedi Frenki de Yong.













