Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Atalanta» murabbiy bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda

«Atalanta» murabbiy bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda

Baho:
+ | -

«Atalanta»da navbatdagi murabbiy o‘zgarishi kutilmoqda. Bergamoliklarning hozirgi ustozi Raffaele Palladino, katta ehtimol bilan, tez orada o‘z lavozimini tark etadi.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lumotiga ko‘ra, klub rahbariyati mavsum yakunlangach 42 yoshli mutaxassis bilan hamkorlikni to‘xtatishni rejalashtirgan. Raffaele Palladino ushbu lavozimni o‘tgan yilning noyabr oyida egallagan edi.

Ayni damda, 36-turdan so‘ng «Atalanta» Seriya A turnir jadvalida yettinchi pog‘onani egallab turibdi. Qayd etish joizki, Bergamo jamoasining bundan yuqoriroq o‘ringa ko‘tarilish imkoniyati qolmagan. Palladinoning amaldagi shartnomasi kelgusi yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan edi, biroq tomonlar mavsum oxiridayoq ajralishi mumkin.

Kiritildi: 08:06, 13.05.2026.
O'qildi: 470 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик