Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» muxlislari Florentino Peresni keskin tanqid qildi (foto)

«Real» muxlislari Florentino Peresni keskin tanqid qildi (foto)

Baho:
+2 | -

«Real» Madridning eng faol muxlislar guruhlaridan biri bo‘lgan «Ultras Sur» klub prezidenti Florentino Peresning faoliyatiga keskin e’tiroz bildirdi. Muxlislar prezidentga nisbatan og‘ir ayblovlar aks etgan bannerni namoyish qilishdi.

Ishqibozlar o‘z bannerida Peresga tibbiy tashxis qo‘yish darajasigacha borishdi va uni «aqli zaiflik» (demensiya)da ayblashdi.

«Demensiyadan aziyat chekayotgan prezident bilan bizning mavsumimiz aprel oyidayoq tugamoqda», — deb yozilgan «Ultras Sur» guruhi tomonidan ilingan bannerda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Florentino Peres «Real» prezidentligi uchun muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini e’lon qilgan edi. U saylov jarayonini tezroq boshlashga qaror qilgan va o‘z nomzodini yana qayta qo‘yish niyatida.

Kiritildi: 13:40, 13.05.2026.
O'qildi: 1380 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик