Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Tartib-intizom qo‘mitasi qarorlari: Superliganing bir qator o‘yinchilari jazoga tortildi

Tartib-intizom qo‘mitasi qarorlari: Superliganing bir qator o‘yinchilari jazoga tortildi

Baho:
+ | -

Joriy yilning 6 may sanasida Liga qoshidagi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur sanagacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida O‘zbekiston Superligasi, Pro liga, U21 hamda U19 chempionati uchrashuvlarida ishtirokchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar yuzasidan qaror chiqarildi.

Superliga

«Neftchi» – «Qo‘qon-1912»

Superliga 10-turi doirasidagi «Neftchi» – «Qo‘qon-1912» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 43-daqiqasida «Qo‘qon-1912» futbol klubi futbolchisi Javohir Sidiqov to‘p uchun kurashda raqib jamoa futbolchisining bel qismiga oyog‘ining tag qismi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan «Qo‘qon-1912» futbol klubi futbolchisi Javohir Sidiqovga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo‘llanilsin.

«Qizilqum» – «Xorazm»

Superliga 10-turi doirasidagi «Qizilqum» – «Xorazm» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 66-daqiqasida «Xorazm» futbol klubi futbolchisi Yanis Leri to‘p uchun kurashda raqib jamoa futbolchisining oyoq qismiga oyog‘ining tag qismi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan «Xorazm» futbol klubi futbolchisi Yanis Leriga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) intizomiy jazo chorasi qo‘llanilsin.

«Mash’al» – «Buxoro»

Superliga 10-turi doirasidagi «Mash’al» – «Buxoro» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 67-daqiqasida «Mash’al» futbol klubi futbolchisi Abdul Rashid Abubakr to‘p uchun kurashda raqib jamoa futbolchisining oyoq qismiga oyog‘ining tag qismi bilan zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan «Mash’al» futbol klubi futbolchisi Abdul Rashid Abubakrga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo‘llanilsin.

Superliga 5-turi doirasidagi «Navbahor» – «Mash’al» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 52-daqiqasida «Mash’al» futbol klubi futbolchisi Muhammadali Aliqulov hakamning qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Mash’al» futbol klubi futbolchisi Muhammadali Aliqulovga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo‘llansin.

Superliga 10-turi doirasidagi «Mash’al» – «Buxoro» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 75-daqiqasida «Buxoro» futbol klubi futbolchisi Asadbek Jo‘raboyev to‘p uchun kurashda raqib jamoa futbolchisining yuz qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan «Buxoro» futbol klubi futbolchisi Asadbek Jo‘raboyevga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) intizomiy jazo chorasi qo‘llanilsin.

«Xorazm» – «Neftchi»

Superliga 9-turi doirasidagi «Xorazm» – «Neftchi» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 87-daqiqasida «Neftchi» futbol klubi futbolchisi Izzatillo Po‘latov to‘p uchun kurashda raqib jamoa futbolchisining oyoq qismiga oyog‘ining tag qismi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan «Neftchi» futbol klubi futbolchisi Izzatillo Po‘latovga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo‘llanilsin.

«Nasaf» – «Navbahor»

Superliga 11-turi doirasidagi «Nasaf» – «Navbahor» uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra stadionda o‘rnatilgan tablo talab darajasida ishlamaganligi, uchrashuvdan so‘ng kiyinish xonasida issiq suv hamda svet bo‘lmagani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 73-moddasiga asosan «Nasaf» futbol klubiga jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanilsin.

Superliga 6-turi doirasidagi «Andijon» – «Navbahor» uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra, Superliga reglamentining 15.30-bandiga asosan, «Navbahor lochinlari» futbol klubi vakili Abdurauf G‘ulomov uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan bo‘lsada, zaxira o‘rindig‘iga o‘tirib olgani va uchrashuv komissari tomonidan texnik hududdan chiqarib yuborilgani aniqlandi.

Superliga 11-turi doirasidagi «Nasaf» – «Navbahor» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 73-daqiqasida «Nasaf» futbol klubi futbolchisi Bobir Abduxoliqov hakamning qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Nasaf» futbol klubi futbolchisi Bobir Abdixoliqovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

«Navbahor» – «So‘g‘diyona»

Superliga 10-turi doirasidagi «Navbahor» – «So‘g‘diyona» uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuv komissari xonasida internet bo‘yicha muammolar vujudga kelganligi, uchrashuvdan oldin, ya’ni klub avtobuslari stadionga yetib kelganda begona shaxslar bemalol harakatlanib klub vakillariga stadionga kirishiga noqulayliklar vujudga keltirganligi, uchrashuv tugagandan so‘ng texnik hududda begona shaxslar erkin harakat qilib yurgani hamda «Navbahor» futbol klubi sobiq vise-prezidenti Otabek Samatov hakamlar xonasiga kirishga urinib, ularga nisbatan haqoratli so‘z ishlatgani holatlari aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 69, 73, 77-moddalariga asosan «Navbahor» futbol klubiga jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanilsin.

«Buxoro» – «So‘g‘diyona»

Superliga 11-turi doirasidagi «Buxoro» – «So‘g‘diyona» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 62-daqiqasida «Buxoro» futbol klubi futbolchisi Kirill Todorov o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Buxoro» futbol klubi futbolchisi Kirill Todorovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

«Lokomotiv» – «Qizilqum»

Superliga 11-turi doirasidagi «Lokomotiv» – «Qizilqum» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 90+7-daqiqasida «Lokomotiv» futbol klubi futbolchisi Oleg Zoteev o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Lokomotiv» futbol klubi futbolchisi Oleg Zoteevga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo‘llansin.

«Neftchi» – «Qo‘qon-1912»

Superliga 10-turi doirasidagi «Neftchi» – «Qo‘qon-1912» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 55-daqiqasida «Qo‘qon-1912» futbol klubi futbolchisi Jasurbek Yoqubov hakamning qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Qo‘qon-1912» futbol klubi futbolchisi Jasurbek Yoqubovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

«Andijon» – «Dinamo»

Superliga 10-turi doirasidagi «Andijon» – «Dinamo» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 74-daqiqasida «Dinamo» futbol klubi futbolchisi Edem Nemanov o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Dinamo» futbol klubi futbolchisi Edem Nemanovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

«Qo‘qon-1912» – «Bunyodkor»

Superliga 11-turi doirasidagi «Qo‘qon-1912» – «Bunyodkor» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 86-daqiqasida «Bunyodkor» futbol klubi futbolchisi Dmitri Pletnov hakamning qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Bunyodkor» futbol klubi futbolchisi Dmitri Pletnovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

Superliga 11-turi doirasidagi «Qo‘qon-1912» – «Bunyodkor» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 90+2-daqiqasida «Qo‘qon-1912» futbol klubi futbolchisi Iqboljon Malikjonov o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Qo‘qon-1912» futbol klubi futbolchisi Iqboljon Malikjonovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

«Nasaf» – «Paxtakor»

Superliga 10-turi doirasidagi «Paxtakor» – «Nasaf» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 32-daqiqasida «Nasaf» futbol klubi futbolchisi G‘olib G‘aybullayev hakamning qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Nasaf» futbol klubi futbolchisi G‘olib G‘aybullayevga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

«Bunyodkor» – «Navbahor»

Superliganing 10-turi doirasidagi «Bunyodkor» – «Navbahor» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 26-daqiqasida «Bunyodkor» futbol klubi futbolchisi Azizbek To‘lqunbekov hakamning qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Bunyodkor» futbol klubi futbolchisi Azizbek To‘lqunbekovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

Superliga 10-turi doirasidagi «Bunyodkor» – «Navbahor» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 82-daqiqasida «Bunyodkor» futbol klubi futbolchisi Federiko Botti o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Bunyodkor» futbol klubi futbolchisi Federiko Bottiga nisbatan jarima intizomiy jazosi chorasi qo‘llansin.

Superliga 10-turi doirasidagi «Bunyodkor» – «Navbahor» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 90+4-daqiqasida «Bunyodkor» futbol klubi futbolchisi Marko Bugarin o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Bunyodkor» futbol klubi futbolchisi Marko Bugaringa nisbatan jarima intizomiy jazosi qo‘llansin.

«Qizilqum» – «Qo‘qon-1912»

Superliga 9-turi doirasidagi «Qizilqum» – «Qo‘qon-1912» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 17-daqiqasida «Qizilqum» futbol klubi futbolchisi Shahzodbek Rahmatullayev hakamning qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Qizilqum» futbol klubi futbolchisi Shahzodbek Rahmatullayevga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

Superliga 9-turi doirasidagi «Qizilqum» – «Qo‘qon-1912» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 90+4-daqiqasida «Qizilqum» futbol klubi futbolchisi Farhod Rahmatov o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Qizilqum» futbol klubi futbolchisi Farhod Rahmatovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

OKMK – «Neftchi»

Superliga 11-turi doirasidagi OKMK – «Neftchi» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 87-daqiqasida «Neftchi» futbol klubi futbolchisi Vladimir Yovovich hakamning qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Neftchi» futbol klubi futbolchisi Vladimir Yovovichga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

OKMK – «Lokomotiv»

Superliga 10-turi doirasidagi OKMK – «Lokomotiv» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 14-daqiqasida «Lokomotiv» futbol klubi futbolchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov hakamning qaroriga e’tirozi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan «Lokomotiv» futbol klubi futbolchisi Temurxo‘ja Abduxoliqovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

Superliga 10-turi doirasidagi OKMK – «Lokomotiv» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 90+4-daqiqasida OKMK futbol klubi futbolchisi Saidavzalxon Ahrorov o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan OKMK futbol klubi futbolchisi Saidavzalxon Ahrorovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

Pro liga

FarDU – Respublika FA

Pro liganing 6-turi doirasidagi FarDU – Respublika FA uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 62-daqiqasida Respublika FA futbol klubi futbolchisi Behruzjon Ko‘paysinov o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan Respublika FA futbol klubi futbolchisi Behruzjon Ko‘paysinovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

Pro liga 6-turi doirasidagi FarDU – Respublika FA uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 90+4-daqiqasida FarDU futbol klubi futbolchisi Shodiyor Xojimatov hakamning qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan FarDU futbol klubi futbolchisi Shodiyor Xojimatovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llansin.

«Yaypan» – «G‘azalkent»

Pro liga 6-turi doirasidagi «Yaypan» – «G‘azalkent» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 90+1-daqiqasida «Yaypan» futbol klubi futbolchisi Mirshavkat Miryoqubov hakamning sha’niga nomaqbul so‘zlar ishlatib haqorat qilgani uchun unga qizil kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 63-moddasiga asosan «Yaypan» futbol klubi futbolchisi Mirshavkat Miryoqubovga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) hamda jarima intizomiy choralari qo‘llanilsin.

Pro liga 6-turi doirasidagi «Yaypan» – «G‘azalkent» uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuv yakunlanganidan so‘ng «Yaypan» futbol klubi rasmiylari bosh murabbiy Rashid G‘ofurov, yordamchi murabbiy Xurshidbek Asqaraliyev, shifokor Mashhurbek Muhammadjonov, uqalovchi Adhamjon Sotiboldiyev hamda ma’mur Islomjon Oxunjonovlar uchrashuv hakamiga nisbatan tajovuzkor harakat qilganligi hamda «Yaypan» futbol klubi muxlislari ommaviy ravishda maydonga yugurib chiqqanligi aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 63-moddasiga asosan «Yaypan» futbol klubi rasmiylari, murabbiy Rashid G‘ofurov, Xurshidbek Asqaraliyev, Mashhurbek Muhammadjonov, Adhamjon Sotiboldiyev hamda Islomjon Oxunjonovlarning har biriga jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanilsin.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 69-moddasiga asosan «Yaypan» futbol klubiga kelgusi bitta uy uchrashuvida stadionning 1-8 hamda CIP sektorlariga tomoshabinlarning kirishiga taqiq qo‘yish hamda jarima intizomiy jazo choralari qo‘llansin.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:40, 14.05.2026.
O'qildi: 159 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик