Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ispaniya hakamlari Peres ustidan shikoyat qilishdi

Ispaniya hakamlari Peres ustidan shikoyat qilishdi

Baho:
+2 | -

Ispaniya hakamlari kasaba uyushmasi mahalliy futbol rahbariyatiga murojaat qildi. Ular «Real Madrid» prezidenti Florentino Peresning Ispaniya futbolidagi hakamlik haqidagi shov-shuvli bayonotlaridan so‘ng, unga nisbatan intizomiy ish ochishni talab qilishdi.

Nizoga Peresning yaqinda aytgan gaplari sabab bo‘ldi — u hakamlarni «tizimli korrupsiya»da aybladi va Madrid klubidan «bir nechta chempionlik o‘g‘irlanganini» ta’kidladi.

Kasaba uyushmasi o‘z rasmiy murojaatida bunday bayonotlarni oddiy sport tanqidi deb hisoblab bo‘lmasligini ma’lum qildi. «Gap hakamlar korpusining sha’ni va kasbiy obro‘siga nisbatan hech qanday sud dalillarisiz qilingan jiddiy, asossiz va tizimli hujum haqida ketmoqda», — deyiladi e’lon qilingan bayonotda.

Hakamlar surishtiruv ishlari davom etayotgan vaqtda Peresning bu kabi ommaviy bayonotlarini to‘xtatishini, shuningdek, ma’naviy va obro‘ga yetkazilgan zarar uchun tovon puli undirishni talab qilishmoqda.

Kiritildi: 15:06, 15.05.2026.
O'qildi: 878 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик