Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Milan» prezidenti: «Futbol klublari basketbolni Yevropaga olib kelishi kerak»

«Milan» prezidenti: «Futbol klublari basketbolni Yevropaga olib kelishi kerak»

Baho:
+ | -

«Milan» egasi va RedBird Capital Partners asoschisi Jerri Kardinale klubning Yevropadagi NBA loyihasining bir qismiga aylanish istagi haqida gapirib berdi.

«NBA, ehtimol, AQSHdan chiqqan yagona chinakam xalqaro sport turi hisoblanadi. Maykl Jordan, Medjik Jonson va Larri Byord ishtirokidagi «Orzular jamoasi» davrlari o‘tdi. Siz buni Olimpiadada ko‘rdingiz, NBA’ning so‘nggi yillardagi ko‘plab eng yaxshi o‘yinchilari (MVP) Yevropadan kelganligida ko‘rdingiz. Yevropa basketbolda haqiqiy kuchga aylandi va Amerika hamda Yevropa o‘rtasida hamkorlik qilish uchun ulkan imkoniyat mavjud.

Yevroliga 26 yildan beri mavjud va jamoalarning aksariyati foyda keltirmaydi. Bu barqaror emas. Shuning uchun, menimcha, Yevropa futbol klublari NBA bilan hamkorlik qilishi va NBA basketbolini Yevropaga olib kelishi kerak. Men Milanda aynan shuni amalga oshirishga harakat qilaman.

Biz «Milan» brendini rivojlantirishda davom etishimiz, muxlislar bazasiga imkoniyatlar taklif qilishimiz va moliyaviy profilni yaxshilashimiz lozim. Bularning barchasi hamma bir-biridan foyda ko‘rishi kerak bo‘lgan ekotizimning bir qismidir», — deya Kardinalening so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda La Gazzetta dello Sport nashri.

Kiritildi: 16:24, 15.05.2026.
O'qildi: 253 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик