Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul» mag‘lubiyatga uchragan o‘yinda Van Deyk rekord o‘rnatdi

«Liverpul» mag‘lubiyatga uchragan o‘yinda Van Deyk rekord o‘rnatdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» markaziy himoyachisi Virjil van Deyk «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi, biroq bu uning jamoasini mag‘lubiyatdan (2:4) qutqarib qola olmadi. «Qizillar» sardori Angliya Premyer-ligasining oxirgidan oldingi tur bahsining 51 va 91-daqiqalarida raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa, niderlandiyalik futbolchining joriy chempionatdagi gollari soni 6 taga yetdi – bu himoyachilar o‘rtasidagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir. 34 yoshli markaziy himoyachi ushbu mavsumda raqiblar darvozasiga to‘rt martadan yo‘l topgan Malik Tiav, Mikki van de Ven, Kristian Romero va Daniel Munyosni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Yakuniy tur oldidan «Liverpul» turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. 24 may kuni Arne Slot jamoasi mavsumning so‘nggi o‘yinida o‘z maydonida «Brentford»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 11:29, 16.05.2026.
O'qildi: 703 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик