Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul» darvozasiga ikkita gol urgan Uotkins raqib himoyasining zaif tomonini aytdi

«Liverpul» darvozasiga ikkita gol urgan Uotkins raqib himoyasining zaif tomonini aytdi

Baho:
+1 | -

«Aston Villa» hujumchisi Olli Uotkins Premyer-liganing 37-turi doirasida «Liverpul» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (4:2) intervyu berdi. Ingliz forvardi juma kungi bahsning 56 va 72-daqiqalarida raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dubl qayd etdi va uchrashuv qahramonlaridan biriga aylandi.

«Liverpul» himoyada yuqori chiziqdan foydalanadi, biroq ular raqibni ofsaydga tushirishga ulgurishmayapti va tarqoq harakat qilishyapti. Men oldinda foydalanishim mumkin bo‘lgan juda ko‘p bo‘sh joy borligini ko‘rdim. «Liverpul»ning markaziy himoyachilari – jahon darajasidagi futbolchilar, ularni juda hurmat qilaman, lekin ularga qarshi o‘ynash men uchun qulay bo‘ldi. Men himoyachilar ortiga ochilishni yaxshi ko‘raman», – dedi Uotkins Sky Sports ga bergan intervyusida.

O‘zaro bahsda qozonilgan g‘alaba «Villa»ga mersisaydliklarni ortda qoldirib, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib olish imkonini berdi. Unai Emeri jamoasi kelasi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo‘llanmasini naqd qildi.

Kiritildi: 11:32, 16.05.2026.
O'qildi: 789 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик