Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya 3-0 Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

Stefan El-SHaaravi «Roma»dan ketishini e’lon qildi

Stefan El-SHaaravi «Roma»dan ketishini e’lon qildi

Baho:
+ | -

Italiyalik hujumchi Stefan El-SHaaravi mavsum yakunida «Roma»ni tark etadi. Bu haqda 33 yoshli futbolchi o‘zining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida ma’lum qildi.

Futbolchi ilk bor «Roma»ga 2016 yilning yanvar oyida ko‘chib o‘tgan edi. O‘sha paytdayoq u «Milan»dagi ajoyib o‘yinlari evaziga A Seriyaning eng iqtidorli vingerlaridan biri hisoblanardi. 2019 yilning yozida u Xitoyga yo‘l olib, «Shanxay Shenxua» klubida to‘p surdi, biroq 2021 yilning yanvarida yana Rim klubiga qaytdi. Shundan beri El-SHaaravi jamoa tarkibining barqaror a’zosiga aylangan edi.

«Roma»dagi ikki davri davomida u jami 346 ta o‘yinda maydonga tushib, 65 ta gol urdi va 50 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Rim klubidagi eng katta yutug‘i Joze Mourinyo boshqaruvi ostida 2021/22 yilgi mavsumda UEFA Konferensiyalar ligasida qozonilgan g‘alaba bo‘ldi.

Bosh murabbiy Jan Pyero Gasperini bir qator futbolchilar, jumladan, El-SHaaravi bilan ham shartnoma uzaytirilishini istagan edi, biroq tomonlar o‘zaro kelishuvga erisha olishmadi. Shundan so‘ng futbolchi jamoadan ketishga qaror qildi.

Kiritildi: 12:18, 16.05.2026.
O'qildi: 806 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик