Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul» Alisson uchun «Yuventus»dan qancha so‘rayotgani ma’lum bo‘ldi

«Liverpul» Alisson uchun «Yuventus»dan qancha so‘rayotgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Liverpul» darvozaboni Alisson Beker «Yuventus»ning transfer nishoni bo‘lib qolmoqda. Braziliyalik posbon «keksa sinyora» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan — kelishuv uch yilga mo‘ljallangan.

Ayni paytdagi asosiy muammo «qizillar»ning talabi bo‘lib turibdi: Angliya grandi o‘z darvozabonining sotuvidan taxminan 10-15 million yevro ishlab olmoqchi. «Yuventus» esa 33 yoshli futbolchini ramziyroq summaga — taxminan 2-3 million yevroga sotib olishni istamoqda, deb xabar beradi jurnalist Nikolo Skira. Turinliklar kelishuvga Mikele di Gregorio yoki Mattia Perinni qo‘shish variantlarini ko‘rib chiqishlari mumkin.

Transfermarkt portali Alissonning transfer bahosini 17 million yevroga baholagan, uning «Liverpul» bilan shartnomasi esa bir yildan so‘ng yakuniga yetadi.

Kiritildi: 12:20, 16.05.2026.
O'qildi: 756 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик