Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Ispaniya soliq xizmati Negreyra ishi bo‘yicha dalil topmadi

Ispaniya soliq xizmati Negreyra ishi bo‘yicha dalil topmadi

Baho:
+ | -

Ispaniya soliq xizmati "Negreyra ishi" deb nomlangan jarayon bo‘yicha hisobotni e’lon qildi. Bu haqda "Barca Blaugranes" nashri xabar bermoqda.

Hisobotdan ma’lum bo‘lishicha, "Barselona" tomonidan Hakamlar texnik qo‘mitasining sobiq vise-prezidenti Xose Negreyraga o‘tkazilgan mablag‘lar hakamlarga yoki o‘yin natijalariga ta’sir o‘tkazish uchun ishlatilganligi haqida hech qanday dalil mavjud emas. Gap taxminan 7,5 million yevro miqdoridagi mablag‘ haqida ketmoqda.

"Barselona" klubi avvalroq barcha to‘lovlar qonuniy xarakterga ega bo‘lganini va ular texnik hamda tahliliy hakamlik hisobotlari uchun to‘langanini ta’kidlagan edi. Soliq organlarining qayd etishicha, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy qoidabuzarliklar alohida tekshiruvni talab qiladi, biroq sport korrupsiyasi o‘z tasdig‘ini topmagan.

Mazkur ish bo‘yicha yakuniy qaror hali ham sud tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

Kiritildi: 08:27, 19.05.2026.
O'qildi: 283 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик