«Arsenal» Premyer-liganing bir mavsumida burchak zarbalaridan gol urish bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi.
Kecha Mikel Arteta jamoasi APLning 37-turida «Bernli»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yindagi yagona gol 37-daqiqada Bukayo Sakaning standart vaziyatdan uzatgan to‘pidan so‘ng Kay Xaverts tomonidan kiritildi.
Bu «kanonirlar»ning joriy mavsumdagi burchak zarbasidan urgan 18-goli bo‘ldi. Shu tariqa, ular mavsum davomida o‘zlari o‘rnatgan rekordni yana bir bor yangiladilar. Avvalroq chempionat tarixida hech bir jamoa bunday vaziyatlardan 16 tadan ortiq gol urmagan edi — bunday ko‘rsatkich 2023/24 yilgi mavsumda «Arsenal»da, 2016/17 yilgi mavsumda «Vest Bromvich»da va 1992/93 yilgi mavsumda «Oldxem»da qayd etilgan.













