Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

«Atletiko» yangi mavsum uchun safar libosini taqdim etdi (foto)

«Atletiko» yangi mavsum uchun safar libosini taqdim etdi (foto)

Baho:
+ | -

«Atletiko» 2026/27 yilgi mavsum uchun yangi safar libosini taqdim etdi.

Ushbu to‘plam Nike kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, sariq-yashil elementlarga ega qora rangda ishlangan.

«Asosiy rang sifatida qora rangning tanlanishi an’anaviy qoidalardan chekinish bo‘lib, «Atletiko»ning yanada dadilroq tomonini ko‘rsatib beradi. Libosning asosiy elementlarida mavjud bo‘lgan Volt (yorqin sariq-yashil) rangidagi detallar jamoaning eng yaxshi lahzalariga hamrohlik qiluvchi hayajon, drayv va g‘alaba quvonchi bilan bog‘liq bo‘lgan vizual energiyani taqdim etadi», – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

«Atletiko» ushbu libosda ilk bor 24 may kuni — La Liganing 38-turi doirasida «Vilyarreal»ga qarshi kechadigan safar o‘yinida maydonga tushadi.

Kiritildi: 16:25, 19.05.2026.
O'qildi: 226 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик