Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

«Real» prezidentining «Negreyra ishi» bo‘yicha aybloviga «Barselona» darvozabonidan keskin javob

«Real» prezidentining «Negreyra ishi» bo‘yicha aybloviga «Barselona» darvozabonidan keskin javob

Baho:
+1 | -

«Barselona» darvozaboni Joan Garsiya «Real» prezidenti Florentino Peresning Ispaniyadagi hakamlik borasida aytgan gaplariga munosabat bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, «Real» prezidenti «Negreyra ishi» haqida gapira turib: «Barsa» «Real»dan adolatsiz ustunlikka ega bo‘lish uchun hakamlar hisobotlariga pul to‘lagan. O‘sha hakamlar hali ham ishlashmoqda. Ular joriy mavsumda bizdan 16-18 ochkoni tortib olishdi», — deb bayonot bergan edi.

«La Ligani, undagi barcha o‘yinlarni kuzatgan har qanday inson bu gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini yaxshi biladi.

Biz xotirjammiz va «El-Klasiko»dan so‘ng bizga topshirilgan [La Liga] kubogidan xursandmiz», — dedi Garsiya EFE axborot agentligiga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, «Barselona» joriy mavsumda muddatidan oldin Ispaniya chempioniga aylandi — kataloniyaliklar hisobida 37 turdan so‘ng 94 ochko bor. 83 ochko jamg‘argan «Real Madrid» esa mavsumni ikkinchi o‘rinda yakunlaydi.

Kiritildi: 21:36, 19.05.2026.
O'qildi: 411 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик