«Manchester Siti» klubi APL 37-turi doirasida safarda «Bornmut» bilan durang o‘ynadi — 1:1.
Uchrashuvning 39-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Eli Junior Krupi hisobni ochgan bo‘lsa, mehmonlar forvardi Erling Xoland 90+5-daqiqada muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.
«Manchester Siti»ning ushbu bahsda ochko yo‘qotishi «Arsenal»ga muddatidan oldin Angliya chempioni bo‘lish imkonini taqdim etdi. Mavsum yakunishiga bir tur qolganda «kanonirlar» 82 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va Xosep Gvardiola jamoasini 4 ochkoga ortda qoldirmoqda. Shu tariqa, «Arsenal» 2003/04 yilgi mavsumdan buyon ilk bor Angliya chempionatida g‘olib chiqdi.
«Manchester Siti» esa Premyer-liganing kumush medalri sohibiga aylandi — turnir jadvalida uchinchi o‘rinda borayotgan «Manchester Yunayted» «shaharliklar»dan 10 ochko ortda qolmoqda va qolgan bahslarda ularga yetib olish imkoniyatiga ega emas.
Eslatib o‘tamiz, dushanba, 18 may kuni 2016 yilning iyul oyidan buyon «Manchester Siti»ni boshqarib kelayotgan Xosep Gvardiolaning 2025/26 yilgi mavsum yakunida jamoani tark etishi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.
«BORNMUT» — «MANCHESTER SITI» — 1:1
Gollar: Krupi 39 (1:0), Xoland 90 (1:1).
«Bornmut»: Petrovich, Tryuffer, Senesi (Kuk, 90), Xill, Smit, Adams, Skott, Tavernyer, Krupi (Klyuyvert, 76), Rayan (Bruks, 84), Evanilson (Enes Yunal, 90).
«Manchester Siti»: Donnarumma, O`Rayli, Gexi, Husanov, Mateush Nunesh, Rodri, Doku (Marmush, 76), Kovachich (Foden, 56), Bernardu Silva (Sherki, 56), Semenyo (Savio, 56), Xolann.
Ogohlantirishlar: Adams (37), Xill (59), Klyuyvert (90) — Rodri (90).













