«Barselona» klubi yuqori saviyadagi ikki futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish taklifini rad etdi.
Cadena SER jurnalisti Sike Rodrigesning xabar berishicha, «blaugrana»ga Dushan Vlaxovichni sotib olish imkoniyati taklif qilingan. Kataloniyaliklar bu qiziqarli variant ekanini bildirishgan, biroq ayni damda klub uchun boshqa ustuvor transfer nishonlari mavjudligini ma’lum qilishgan. Shu tariqa, agar serbiyalik hujumchi yakunda Ispaniya grandi safiga borib qo‘shilsa ham, bu faqatgina klub boshqa futbolchilar bilan kelisha olmagani sababli yuz berishi mumkin.
Bundan tashqari, «Barselona» Bernardu Silva transferidan ham voz kechgan. Klub rahbariyati hozirda jamoaning yarim himoya chizig‘i to‘liq shakllangan deb hisoblamoqda.













