Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem

Chempionship finalidan mahrum bo‘lgan «Sautgempton» futbolchilari rahbariyatga qarshi isyon ko‘tardi

Chempionship finalidan mahrum bo‘lgan «Sautgempton» futbolchilari rahbariyatga qarshi isyon ko‘tardi

Baho:
+ | -

«Sautgempton» futbolchilari josus(lik) mojarosi sababli klubning Chempionship pley-off bosqichidan chetlashtirilgani fonida rahbariyatdan norozi bo‘lishmoqda.

The Athletic nashrining xabar berishicha, futbolchilarning aksariyati bu voqeadan mutlaqo uzoq bo‘lishgan va rahbariyatdan faqatgina umumiy (bazaviy) ma’lumot olishgan. Angliya futbol ligasining (EFL) bunday keskin qarori haqida ular hamma qatori bir vaqtda xabar topishgan va bundan qattiq g‘azabga kelishgan.

Endilikda futbolchilar, agar EFL apellyasiyadan keyin ham o‘z qarorini kuchida qoldirsa, klub ustidan sudga da’vo arizasi kiritish imkoniyatlarini o‘rganishmoqda. Ularning «Sautgempton» rahbariyati bilan uchrashuvi chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Futbolchilar allaqachon maslahat so‘rab kasaba uyushmasiga murojaat qilishgan.

Qayd etilishicha, o‘tgan mavsumda APLdan tushib ketganidan so‘ng maoshlarining 40 foizga qisqartirilishiga rozi bo‘lgan futbolchilar, agar Premyer-ligaga qaytishganida, yana avvalgi hajmda maosh olishni boshlashlari kerak edi.

Kiritildi: 08:02, 20.05.2026.
O'qildi: 1533 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик