«Chelsi» APLda mart oyining boshidan beri davom etib kelayotgan g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘ydi.
Bugun «ko‘klar» Premyer-liganing 37-turi doirasidagi o‘z uy uchrashuvida «Tottenxem»ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:1).
Bunga qadar «Chelsi» APLda ketma-ket 6 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lgan va «Liverpul» bilan durang o‘ynagan edi (1:1). Jamoa 4 martdan buyon g‘alaba qozona olmayotgandi — o‘shanda londonliklar «Aston Villa»dan ustun kelishgandi (4:1).

Hozirda «Chelsi» 52 ochko jamg‘argan holda APL turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi. 24 may kuni jamoa chempionatning so‘nggi turida «Sanderlend»ga qarshi maydonga tushadi.













