Londonning «Chelsi» klubi keyingi mavsum uchun yangi darvozabon qidirmoqda. Bu haqda Teamtalk jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, asosiy da’vogarlardan biri «Milan» va Fransiya terma jamoasining birinchi raqami Mayk Menyan hisoblanadi. «Aristokratlar» anchadan buyon fransuzning o‘yinlarini kuzatib kelishmoqda.
Bundan tashqari, londonliklarning transfer short-listidan (nomzodlar ro‘yxatidan) quyidagi posbonlar ham joy olgan: Bart Verbryuggen, Robin Rufs, Djordan Pikford, Diogu Koshta, Marko Karnesekki va Mayk Penders.
Angliya chempionatining yakuniy turi oldidan «Chelsi» 52 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida atigi sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.













