Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

«Vilyarreal» o‘z faxriysining ketishini e’lon qildi

«Vilyarreal» o‘z faxriysining ketishini e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Vilyarreal» qanot himoyachisi Alfonso Pedrasa joriy mavsum yakunida Ispaniya klubini tark etadi. Bu haqdagi tegishli ma’lumot jamoa matbuot xizmati tomonidan rasmiy saytda e’lon qilindi.

Pedrasa 2011 yildan buyon «Vilyarreal» sharafini himoya qilib kelmoqda — o‘shanda u «sariq suv osti kemasi»ning klub akademiyasiga kelib qo‘shilgan edi. Ispaniya klubi tarkibida 30 yoshli futbolchi 234 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2021 yilda Pedrasa jamoa bilan birgalikda Yevropa ligasi sovrinini qo‘lga kiritgan.

«Vilyarreal» Ispaniya chempionati yakunilanishiga bir tur qolganda 69 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 18:34, 20.05.2026.
O'qildi: 280 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик