Shahzoda Uilyam «Aston Villa»ning Yevropa ligasidagi g‘alabasiga munosabat bildirdi.
Birmingem klubi turnir finalida «Frayburg»ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
«Ajoyib oqshom! Barcha futbolchilarni, jamoani, murabbiylar shtabini va klubga daxldor bo‘lgan barchani tabriklayman! Yevrokuboklarda oxirgi marta g‘alaba ta’mini tuyganimizga 44 yil bo‘lgan edi! Jarohati sababli o‘ynay olmagan, ammo jamoamizning ajralmas qismi hisoblangan va ushbu muvaffaqiyat poydevorini qo‘yishda yordam bergan Bubakar Kamarani alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman», — deya ma’lum qildi Britaniya taxti vorisi va «Aston Villa» muxlisi.













