«Chelsi» sobiq murabbiyi Enso Mareska agar Xosep Gvardiola shu yozda jamoani tark etsa, «Manchester Siti» bosh murabbiyligiga asosiy nomzod bo‘lib turibdi.
Jurnalist Saymon Fillipsning ma’lumotlariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis «ko‘klar» himoyachisi Mark Kukurelya bilan suhbatlashgan. Mareska agar «shaharliklar» boshqaruvini qo‘lga olsa, ispaniyalik futbolchini shu yozda «Manchester Siti»ga o‘tishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda.
Joriy mavsumda Mark Kukurelya «Chelsi» safida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.













