Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

6 ta chempionlik, tarixiy trebl va rekordlar: Pep Gvardiolaning «Manchester Siti»dagi rekordlari

6 ta chempionlik, tarixiy trebl va rekordlar: Pep Gvardiolaning «Manchester Siti»dagi rekordlari

Baho:
+ | -

Pep Gvardiola «Manchester Siti» klubini tark etmoqda.

Kataloniyalik mutaxassis jamoani 2016 yilning iyul oyida qabul qilib olgan edi va u «Siti»da roppa-rosa 10 yil faoliyat yuritgan bo‘ladi.

«Man Siti» bilan birgalikda Pep 6 marta APL bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. U 2017/18, 2018/19, 2020/21, 2021/22, 2022/23 va 2023/24 yilgi mavsumlarda Angliyada tengsiz deb topildi. Premyer-liga tarixida undan ko‘p chempionlikni faqatgina Aleks Fergyuson qo‘lga kiritgan — shotlandiyalik afsona hisobida «Manchester Yunayted» bilan 13 ta chempionlik mavjud.

Shuningdek, Pep «Siti» bilan Chempionlar ligasida zafar quchdi, uch bor Angliya Kubogi va besh marta Liga Kubogi sohibiga aylandi. 2022/23 yilgi mavsumda jamoa trebl qayd etgan bo‘lsa, APL tarixida ketma-ket to‘rt bor chempionlikni qo‘lga kiritgan ilk klubga aylandi.

APL erasida bitta klubda eng uzoq vaqt davomida faoliyat yuritish bo‘yicha Gvardiola kuchli to‘rtlikdan (top-4) joy oldi. Premyer-ligada faqatgina Arsen Venger «Arsenal»da, Aleks Fergyuson «MYU»da va Devid Moyes «Everton»da undan uzoqroq muddat davomida bosh murabbiy bo‘lib ishlagan.

Kiritildi: 16:23, 22.05.2026.
O'qildi: 1048 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик