Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Liverpul» Arne Slotga o‘rinbosar sifatida ko‘rib chiqayotgan murabbiy nomzodi ma’lum bo‘ldi

«Liverpul» Arne Slotga o‘rinbosar sifatida ko‘rib chiqayotgan murabbiy nomzodi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Liverpul» klubi rahbariyati Arne Slot ishdan bo‘shatilgan taqdirda, uning o‘rniga Andoni Iraola nomzodini jiddiy o‘rganmoqda. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano o‘z podkastida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis Andoni Iraola allaqachon «Kristal Pelas»dan taklif olgan, biroq u hali yakuniy qarorga kelganicha yo‘q. Murabbiy o‘z faoliyatini davom ettirish uchun eng maqbul variantni tanlash niyatida va u ustuvorlikni Angliya Premyer-ligasi klublariga bermoqda.

«Liverpul» rahbariyati esa yaqin kunlarda Arne Slot bilan uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda. Unda mavsum yakunlari sarhisob qilinadi va niderlandiyalik mutaxassisning klubdagi kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Iraola joriy mavsum yakunida «Bornmut»ni tark etishi ma’lum bo‘lgan edi. U «olchalar»ni 2023 yilning yozidan buyon boshqarib kelayotgandi. Oxirgi kunlarda OAVda Arne Slotning mavsum yakunida «Liverpul»dan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlar ko‘payib bormoqda.

Kiritildi: 19:56, 23.05.2026.
O'qildi: 1264 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик