Kirish Ro'yxatdan o'tish

Nikolas Pas «Komo» bo‘yicha qaror qabul qildi

Nikolas Pas «Komo» bo‘yicha qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

«Komo» yarim himoyachisi Nikolas Pas faoliyatini yana bir mavsum italiyalik klub safida davom ettirish istagida. Biroq futbolchining transfer huquqlari Madridning «Real» klubiga tegishli bo‘lgani sababli, yakuniy qarorni «qirollik klubi» rahbariyati qabul qiladi.

Taniqli italiyalik jurnalist Janluka di Marsio xabariga ko‘ra, «Komo» rahbariyati iqtidorli futbolchini o‘z safida olib qolish uchun bor imkoniyatlarini ishga solmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri — jamoaning kelgusi mavsumda Yevropaning eng nufuzli klublar turniri — Chempionlar ligasida ishtirok etishidir.

Madridliklar futbolchini qaytarib olish yoki shartnomasini uzaytirish masalasida moliyaviy shartlarni belgilab olgan: 2026 yil yozida «Real» Pas uchun 9 million yevro to‘lashi kerak bo‘lsa, 2027 yilda bu summa 10 million yevroni tashkil etadi. Transfer borasidagi qarorda esa «Real»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyoning fikri hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.

Kiritildi: 10:48, 27.05.2026.
O'qildi: 741 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик