Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ispan jurnalisti: "Real" futbolchilari qancha kam bo‘lsa, terma jamoa muhiti uchun shuncha yaxshi bo‘ladi"

Ispan jurnalisti: "Real" futbolchilari qancha kam bo‘lsa, terma jamoa muhiti uchun shuncha yaxshi bo‘ladi"

Baho:
+3 | -

Ispaniyalik jurnalist David Sanches Ispaniya milliy terma jamoasining JCH-2026 uchun e’lon qilingan qaydnomasida "Real" futbolchilari yo‘qligiga munosabat bildirdi.

"Sizga yoqadimi yoki yo‘qmi, Luis de la Fuyente adolatli ish tutganini tan olish kerak. Murabbiy eng yaxshi o‘yinchilarni chaqirdi, ispaniyalik muxlislarning 90 foizi ushbu qaydnomaga rozi.

Birinchi qarashda u yerda "Real" futbolchilari yo‘qligi hayratlanarli tuyulishi mumkin, ammo jamoaning mavsumini tahlil qilsangiz, u yerda terma jamoaga chaqirish mumkin bo‘lgan ispaniyalik futbolchilar deyarli o‘ynamagani ayon bo‘ladi. Terma jamoadagi muhit uchun madridliklar qancha kam bo‘lsa, doim shuncha yaxshi bo‘lgan. 

"Real"ning joriy mavsumdagi o‘yini, tarkibi va futbolchilarning fuqaroligini hisobga olsak, u yerdagi fransuzlar, braziliyaliklar yoki belgiyaliklarni mahalliylashtirish yoki Ispaniya termasiga chaqirish juda qiyin", — dedi Sanches.

Kiritildi: 15:55, 27.05.2026.
O'qildi: 815 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик