Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, jamoaning 2025/26 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi va "Mahou Five Star Player" sovriniga loyiq ko‘rildi.
Fransiyalik yulduz ushbu nufuzli individual mukofotni ketma-ket ikkinchi mavsumdirki hech kimga bermay kelmoqda.
Ortda qolgan mavsum 27 yoshli forvard uchun gollarga boy bo‘ldi. Mbappe Ispaniya La Ligasida raqiblar darvozasini 25 bor ishg‘ol etib, turnirning eng yaxshi to‘purari sifatida «Pichichi» sovrinini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u UEFA Chempionlar Ligasida ham o‘z hisobiga 15 ta gol yozdirib qo‘ygan holda, Yevropada eng yaxshi bombardirga aylandi.
Ma’lumot uchun, Kilian Mbappe 2025/26 yilgi mavsum davomida "Real Madrid" libosida barcha musobaqalarda jami 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 42 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Xuddi shuningdek, u mavsum davomida 4 marta «Oyning eng yaxshi futbolchisi» nomiga ham sazovor bo‘lgan edi.













