Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus» Braim Dias bilan muzokaralarni boshladi

«Yuventus» Braim Dias bilan muzokaralarni boshladi

Baho:
+ | -

«Real» yarim himoyachisi Braim Dias faoliyatini yana A Seriyada davom ettirishi mumkin. La Stampa nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, marokashlik futbolchiga «Yuventus» jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Turin klubi futbolchining atrofidagilar bilan bog‘langan va ular «Yuventus» taklifini ko‘rib chiqishga rozilik berishgan. Diasning «Real»dagi kelajagi hozircha so‘roq ostida turibdi. Buning asosiy sababi — «qirollik klubi» boshqaruvini qo‘lga olishi kutilayotgan Joze Mourinyoning rejalariga yarim himoyachi kirishi yoki kirmasligi noma’lumligidir.

Braim Dias 2019 yilda «Manchester Siti»dan 17 million yevro evaziga Madrid klubiga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar davom etadi. 2025/26 yilgi mavsumda futbolchi «Real» safida barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:29, 28.05.2026.
O'qildi: 339 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик