Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mastantuono yozda «Real»ni tark etishi mumkin

Mastantuono yozda «Real»ni tark etishi mumkin

Baho:
+ | -

Hujumchi Franko Mastantuono shu yozda Madrid klubidan ketishi mumkin. AS nashrining xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi mavsumlar oralig‘ida ijaraga berilishni rejalashtirmoqda.

18 yoshli forvard yangi mavsumda ham «Santyago Bernabeu»da yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmaydi deb hisoblamoqda. Mastantuono 2025 yilda «River Pleyt»dan 45 million yevro evaziga «Real»ga o‘tgan edi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.

2025/26 yilgi mavsumda hujumchi «qaymoqranglilar» safida barcha turnirlarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 45 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 14:59, 28.05.2026.
O'qildi: 215 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик