«Real» hujumchisi Vinisius Junior «Flamengo»ga qaytish rejalari haqida gapirdi.
«Men «Flamengo»ga qaytaman. Lekin juda qarigan paytimda emas. Men «Flamengo»ni sog‘inaman. Biroq yaqin 3-4 yil ichida qaytmayman — hali erta. Hozir bor-yo‘g‘i 25 yoshdaman. Sakkiz yoki to‘qqiz yildan keyin qaytamanmi? Yo‘q, unda juda qarib qolgan bo‘laman. Men «Flamengo» bilan Libertadores kubogida g‘olib chiqishim kerak», — deya Vinisiusning so‘zlarini keltirmoqda CazeTV.
Vinisius Junior «Flamengo» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2018 yilgacha ushbu klubda to‘p tepgan va keyinchalik 45 million yevro evaziga «Real»ga o‘tgan. Hujumchi «Flamengo» safida barcha turnirlarda jami 69 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.













