Kirish Ro'yxatdan o'tish

Duglas Luisning «Yuventus»dagi kelajagi noma’lum bo‘lib qolmoqda

Duglas Luisning «Yuventus»dagi kelajagi noma’lum bo‘lib qolmoqda

Baho:
+ | -

«Yuventus» Duglas Luisning taqdiri borasida bir qarorga kelishi kerak. Angliyadagi («Nottingem Forest» va «Aston Villa») ijaralardan qaytgach, Turin klubi yarim himoyachini olib qolish yoki sotib yuborish tanlovi oldida turibdi.

Jamoa bosh murabbiyi Luchano Spalletti 28 yoshli braziliyalikni tarkibda saqlab qolmoqchi va uni maydon markazida sinab ko‘rish niyatida. Murabbiy unda o‘zi avval birga ishlagan Kristian Pisarro yoki Stanislav Lobotkaga xos potensialni ko‘rmoqda.

Biroq sport direktori Damyen Komolli Duglas Luisni avvalgi rahbariyatdan qolgan «og‘ir meros» deb hisoblaydi va klubning moliyaviy holatini yaxshilash hamda zarar ko‘rmaslik uchun uni sotib yuborishni istamoqda. «Aston Villa» futbolchini 25 million yevroga sotib olishi ehtimoli juda past.

Avvalroq «keksa sinyora» egasi Jon Elkann Komolli va Spalletti bilan ularning kelgusidagi hamkorligi bo‘yicha suhbatlashishni rejalashtirgan edi. Luis masalasi ularning qarashlari ayro tushayotgan yana bir nuqtaga aylandi.

Kiritildi: 15:41, 28.05.2026.
O'qildi: 164 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик