Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus» Alisson transferi bo‘yicha JCH oldidan javob kutmoqda

«Yuventus» Alisson transferi bo‘yicha JCH oldidan javob kutmoqda

Baho:
+ | -

«Yuventus» «Liverpul»ning Alisson borasidagi rejalarini imkon qadar tezroq bilib olishni istamoqda. Avvalroq mersisaydliklar 33 yoshli darvozabon bilan shartnomani bir yilga uzaytirishga tayyorligi, turinliklar esa braziliyalik futbolchiga uzoq muddatli shartnoma taklif qilgani xabar qilingandi.

Tuttosport nashriga ko‘ra, «Liverpul» hozircha Alissonni qo‘yib yuborish maqsadga muvofiqligiga ishonchi komil emas. Klub braziliyalik posbonni olib qolishga va Georgiy Mamardashvilini ijaraga berishga qaror qilishi mumkin. Sportitalia ma’lumotiga ko‘ra, gruziyalik darvozabon «Yuventus» va «Inter»ga taklif qilingan.

«Yuve» allaqachon Alisson bo‘yicha ilk taklifni yuborgan va muzokaralarni davom ettirishga intilmoqda, chunki darvozabonning o‘zi ham jamoaga o‘tishga tayyor. Ta’kidlanishicha, futbolchi va Italiya klubi «Liverpul»dan Jahon chempionati boshlanishigacha javob kutmoqda.

Agar mersisaydliklar Alissonni shartnomasining so‘nggi yilida olib qolishga qaror qilsa, «Yuventus» boshqa darvozabon izlashga majbur bo‘ladi. Bu holatda asosiy variantlardan biri «Fiorentina» a’zosi David De Xea hisoblanadi.

Kiritildi: 19:39, 28.05.2026.
O'qildi: 202 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик